Grantlar

YuNESKO Polsha universitetida o‘tkaziladigan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Bakalavr talabalar uchun $344, magistratura talabalari uchun esa $505 miqdorida oylik stipendiya ajratiladi. Boshqa xarajatlar ham qoplab beriladi.

893 ko'rish

YuNESKO Polsha universitetida o‘tkaziladigan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Bakalavr talabalar uchun $344, magistratura talabalari uchun esa $505 miqdorida oylik stipendiya ajratiladi. Boshqa xarajatlar ham qoplab beriladi.

YuNESKO Polsha universitetida o‘tkaziladigan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqdaFoto: Time

YuNESKO Polsha universitetida o‘tkaziladigan olti oylik stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda ariza topshirish huquqiga ega mamlakatlardan fan, texnologiya va muhandislik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr va magistratura talabalari hujjat topshirishi mumkin. Bu mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham bor.

Dastur Krakovdagi Fan va texnologiya universitetida olib boriladi hamda joriy yilning 2-oktabrida boshlanib, 2024-yilning 30-martida yakunlanadi.

Bakalavr darajasidagi talabalar uchun $344 miqdorida, magistratura talabalari uchun esa $505 miqdorida oylik stipendiya ajratiladi.

Shuningdek, bir martalik maxsus to‘lov ham Polsha hukumati tomonidan taqdim etiladi.

YuNESKO tomonidan esa Krakov shahriga (va undan) aviachipta, tibbiy sug‘urta (Shengen vizasi uchun Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq) hamda $120 miqdorida bir martalik to‘lov qoplanadi.

Nomzodlar ko‘rsatilgan 30 ta loyihadan uchtasini tanlashi mumkin hamda o‘zining YuNESKO bo‘yicha Milliy komissiyasi bilan bog‘lanishi va ariza berish uchun so‘ralgan hujjatlarni taqdim etishi kerak.

Milliy komissiya tomonidan ma’qullangan nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Hujjatlar taklif qilingan a’zo davlat tomonidan Milliy komissiya orqali 28-aprelgacha quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi kerak: f.pashayev@unesco.org, l.zas-friz@unesco.org va yunesko4@agh.edu.pl.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish