Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kanada: Bakalavr va magistratura bosqichlari dasturlari uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

17.04.2021 21:17
Kanada: Bakalavr va magistratura bosqichlari dasturlari uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

01.06.2021

Davlat:

Kanada

Rasmiy havola:

www.uwinnipeg.ca

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va dastur haqida qisqacha:

Winnipeg universiteti (UWinnipeg, UW) Kanadaning Manitoba shahridagi davlat tadqiqot universiteti bo‘lib, u bakalavriat bosqichining san’at, biznes va iqtisodiyot, ta’lim, fan va kinesiologiya va amaliy sog‘liqni saqlash dasturlari hamda bir qancha magistratura dasturlarida o‘qishni taklif etib keladi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan The University of Winnipeg President’s Scholarship for World Leaders (for International Students) nomli grant dasturi universitetning bakalavr va magistratura bosqichlari dasturlaridan biriga 1-o‘quv yili uchun qabul qilingan xalqaro talabalarga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • The University of Winnipeg President’s Scholarship for World Leaders (for International Students) grant dasturi g‘oliblariga 5000 Kanada dollari miqdorida mukofot puli ajratiladi va bu pul ularning o‘quv to‘lovlari uchun yo‘naltiriladi;

Talablar:

  1. Nomzodlar xalqaro talaba bo‘lishlari kerak;
  2. Nomzodlarning diplom baholari 80% va undan yuqori bo‘lishi kerak;
  3. Nomzodlar universitet tomonidan taklif etilayotgan bakalavr yoki magistratura bosqichi dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishlari kerak;
  4. Nomzodlar yetakchilik ruhiyatini ko‘rsata olishlari kerak.

Ariza topshirish jarayoni:

  • Nomzodlar universitet tomonidan taklif etilayotgan bakalavr yoki magistratura bosqichi dasturlaridan biriga ariza topshirishlari va qabul qilinishlari kerak;
  • Shundan so‘ng, bu yerdan grant uchun online ariza shaklini yuklab olishlari va to‘ldirishlari kerak;

Kerakli hujjatlar:

  • CV;
  • 250-300 so‘zdan iborat shaxsiy bayonot xati (Personal Statement);
  • Sinfdan tashqari / ko‘ngillilar faoliyatida faol ishtirok etganligingizni ko‘rsatib bera oladigan ikkita ma’lumotnoma xati;

Barcha zaruriy hujjatlar bitta PDF fayl shaklida quyidagi elektron manzilga yuborilishi kerak:

Tugash muddati - 2021-yil 1-iyun

Batafsil bu yerda