Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Sheffild universiteti: Bakalavr bosqichida o‘qish pulining 50% qismini qoplovchi grant dasturi

14.04.2022 23:48
Sheffild universiteti: Bakalavr bosqichida o‘qish pulining 50% qismini qoplovchi grant dasturi

Muddati:

25.04.2022

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.sheffield.ac.uk

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi borasida qisqacha:

Sheffield universiteti - Angliyaning Sheffild hududida joylashgan jamoat tadqiqot universiteti hisoblanadi. Universitet THE (Times Higher Education) e’lon qilgan xalqaro universitetlar reytingida 121-o‘rinni egallaydi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan International Undergraduate Merit Scholarship 2022 grant dasturi 2022 yil kuzida boshlanadigan bakalavriat dasturlari uchun o‘quv to‘lovining 50% miqdorini qoplovchi mukofotlardir. Ushbu stipendiya a’lochi xalqaro talabalar uchun taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun:

  • Universitetning 2022-yil kuzida boshlanadigan bakalavr bosqichi dasturlaridan birida o‘qishga qabul qilingan xalqaro talabalar uchun;

Ariza topshirish jarayoni:

  • Dastlab, bu yerdan universitet taklif etayotgan bakalavr bosqichi dasturlaridan biriga ariza topshiring va qabul qilinganlik xatini qo‘lga kiriting;
  • Keyin esa, bu yerdan grant dasturi uchun onlayn ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.

Eslatma: Bakalavr kurslariga ariza bera olish uchun ingliz tilini bilish ko‘rsatkichingiz yuqori bo‘lishi talab qilinadi.

Tugash muddati: 2022-yil 25--aprel

Batafsil bu yerda