Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 22 000 AQSh dollarlik grant dasturi

10.05.2021 04:28
AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 22 000 AQSh dollarlik grant dasturi

Rasmiy havola:

www.cuw.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

Concordia University Wisconsin (CUW) - Viskonsin shtatining Mequon shahridagi xususiy lyuteran universiteti. Universitet THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingida #600-o‘rinni egallaydi.
See the source image
Universitet tomonidan taklif etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni universitetning bakalavr kursida o‘qishlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Dastur talablari:
  • Nomzodlar xalqaro talabalar bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlar allaqachon Konkordiya universitetidagi bakalavr kurslaridan biriga qabul qilingan bo‘lishi kerak.

Dasturga ariza berish tartibi:

Nomzodlar avvalo BU YERDAN universitetning bakalavr dasturlaridan biriga onlayn tarzda ariza topshirishlari va universitet ko‘rsatmalariga binoan grant uchun ham ariza berishlari kerak. Faqatgina o‘qishga qabul qilingan talabalar ushbu grantni olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Kerakli hujjatlar:

Nomzodlardan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

  • Ariza formasi;
  • O‘rta maktab, kollej/litsey diplomi va ilovalari (Ingliz tiliga tarjimasi bilan);
  • Tavsiya xatlari (kurs talabalariga qarab);
  • Moliyaviy ta’minotni tasdiqlovchi hujjat;
  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement);
  • Rezyume;
  • Ish tajribasi (agar bo‘lsa).

Asosiy qabul talabi:

Ariza beruvchilar Konkordiya universitetiga o‘qishga kirish uchun kamida 4.0 ballik tizim bo‘yicha eng kam GPA 2.5 ga ega bo‘lishlari kerak.

Til talablari:

Nomzodlar kamida quyidagi darajadagi til sertifikatlariga ega bo‘lishlari kerak:

  • TOEFL – 61
  • IELTS – 6.0
  • PTE – 55
  • Duolingo – 90

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlangan talabalar ACT yoki SAT sertifikatiga ega bo‘lmagan holda ariza topshirgan bo‘lsalar 12,000 AQSh dollarigacha, agar ACT yoki SAT ballari bilan ariza topshirgan bo‘lsalar har bir o‘quv yili davomida 22,000 AQSh dollarigacha grant olishadi.

Batafsil bu yerda