Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Erkin Vohidov stipendiyasi joriy etiladi

14.07.2020 16:18
Erkin Vohidov stipendiyasi joriy etiladi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan onlayn ijodiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bu kungacha har hafta universitetning Yoshlar bilan ishlash tizimi tashabbusi bilan Adiblar hiyobonida ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib kelinayotgan edi. Ijodiy uchrashuvlar karantin sabab formatini o‘zgartirdi. Onlayn tarzida o‘tkazilgan bu muloqotning ko‘lami kutilganidanda keng bo‘ldi. Tadbirda Turkiya davlatining olimlari ishtirok etib, ma’ruzalar qilishdi.

Davra suhbatida Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat o‘quvchilari ham ishtirok etishdi. O‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berishdi.

Onlayn muloqotda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avazjon Marahimov, Anqaradagi Hoji bayram universiteti professori Vali Savashbey Yilok, shoir, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar- Hamidulla Boltaboyev, Nasimxon Rahmonov, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi maktab internat direktori Nigora Mannopova va yosh ijodkorlar shoir ijodining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr-mulohaza bildirishdi.

Muloqot jarayonida O‘zMU rektori , professor Avazjon Marahimov shoirning ijodi yoshu-qari, qaysi soha vakili bo‘lishidan qat’iy nazar birdek ma’naviyatimizni boyitib, tafakkurimizni kengaytirishi va falsafiy mushohadayu, ko‘ngillarga zavq bag‘ishlab, komil inson timsolini ko‘z o‘ngimizda gavdalantirishini ta’kidladi.

Rektor suhbat davomida yana Erkin Vohidov ijodini xorijda ilmiy jihatdan o‘rganish uchun O‘zMU grantlar e’lon qilishini, shoir ijodini ilmiy tadqiq qilish istagida bo‘lgan Turkiyalik yosh olimlarga O‘zMUda barcha sharoitlar yaratilishini, Erkin Vohidov ijodini boshqa tillarga tarjimasi, uning an’analarini davom ettirib ijod qilayotgan yosh ijodkorlarni to‘plamlarini chop etish uchun maxsus fond ochilishini, Turkiya va boshqa davlat OTM lari bilan shoir ijodini o‘rganish borasida xalqaro konferensiyalar o‘tkazish taklifi va tashabbusini bildirdi.

Shuningdek, Erkin Vohidov nomidagi maktab-internatida tahsil olayotgan o‘quvchilarning milliy universitetda tahsil olishlari uchun imtiyozlar qilinishi, ular uchun universitet tomonidan maxsus stipendiyalar joriy etish to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan onlayn muloqot har hafta o‘tkazilib borishi va unda barcha qatnashishi mumkinligi bildirildi.

O‘zMU Axborot xizmati