Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Qanday qilib diplomni onlayn yuklab olish mumkin?

5.04.2022 18:54
Qanday qilib diplomni onlayn yuklab olish mumkin?

Oliy ta’lim muassasasalarining 2019/2020-o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajarish zarur:

• diplom.edu.uz veb-saytiga kirish. Ekranda paydo bo‘lgan sahifaning “JSHSHIR” qismida pasportdagi tegishli ma’lumotni kiritish va “Tekshirish” tugmachasini bosish.

• Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma’lumotlari aks etgan. “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, “Diplom nusxasini ko‘chirib olish” tugmachasi bosiladi.

• “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar aks etmasa, bitiruvchi tamomlagan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi kerak.

Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021-o‘quv yili uchun magistraturaga onlayn hujjat topshirishi mumkin, deyiladi Oliy ta’lim axborot xizmatining xabarida.