Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi

2.07.2020 13:04
Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi

Har bir abituriyent uchun binolarda 3 m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.

O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha, shuningdek, magistratura uchun mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida aytilishicha, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi.

Bunda har bir abituriyent uchun binolarda 3m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi.