Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bir vaqtda abituriyent va o‘qishni ko‘chiruvchi sifatida hujjat topshirish mumkin

09-aprel 14:55
Bir vaqtda abituriyent va o‘qishni ko‘chiruvchi sifatida hujjat topshirish mumkin

Ham perevod, ham abituriyent sifatida hujjat topshirish mumkin!

Endi sizda bir vaqtning o‘zida abituriyent sifatida ham, o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun ham hujjat topshirish imkoniyati mavjud. Bu imkoniyat orqali ikki yo‘nalishda bir vaqtning o‘zida harakat qilib, o‘zingiz uchun eng maqbul variantni tanlashingiz mumkin.

Hujjat topshirish tartibi:

📌 15-iyun – 15-iyul oralig‘ida → ✅ Abituriyent sifatida hujjat topshirish

  • Faqat diplom yoki attestat raqamini kiritish kifoya

  • Agar raqam yodingizda bo‘lmasa, taxminiy raqam kiritish ham mumkin

  • Platforma: my.uzbmb.uz

📌 15-iyuldan boshlab → ✅ O‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun hujjat topshirish

  • Faqat transkript yuklash yetarli

Muhim eslatmalar:

⚠️ Abituriyentlar va perevodchilar uchun imtihonlar bir vaqtda o‘tkazilmaydi – shuning uchun ikkala jarayonda qatnashib, yakuniy qarorni keyin tanlashingiz mumkin ⚠️ Lekin ikkita oliygohda bir vaqtning o‘zida o‘qish mumkin emas

✅ Ushbu tartib talabalarga ko‘proq imkoniyat yaratish, tanlov erkinligini oshirish va alternativ yechim topishga ko‘maklashish maqsadida joriy etilgan