Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi

Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida ochilgan Ibn Sino nomidagi Tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktablari 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul

08-iyul 13:47
Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida ochilgan Ibn Sino nomidagi Tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktablari 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul

Sog‘liq bilimlari universiteti (Istambul Turkiya) tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida ochilgan Ibn Sino nomidagi Tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktablari 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi.

1903 yilda asos solingan Sog‘liq bilimlari universiteti (Istambul Turkiya), Turkiyaning tibbiyot sohasiga ixtisoslashtirilgan yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet 14ta fakultet, 5ta institut, 5ta tibbiyot bilim yurti hamda 20 ga yaqin ilmiy-tekshirish markazlarini o‘z ichiga olgan. Yuqorida qayd etilgan 2 ta fakultet 2019 yilda Buxoroda o‘z faoliyatini boshladi. Hozirgi vaqtda mazkur Ibn Sino nomidagi Tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabida 131 nafar talaba tahsil olmoqda.

Sog‘liq bilimlari universitetining (Istambul, Turkiya) asosiy vazifasi xalqaro standartlar va sog‘liqni saqlash tizimining milliy tamoyillariga javob bera oluvchi, o‘z kasbining yetuk mutaxassislarini tayyorlash, shu bilan bir qatorda aholiga sifatli tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga, jamiyat hayotining yashash sifatini ko‘tarishga xizmat qiluvchi tibbiyot sohasidagi fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalaga oshirishdan iboratdir.

Oliy ixtisosga ega kadrlarni tayyorlash quyidagi ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi:

1. “Tibbiyot” bakalavriat (Davolash ishi), o‘qish muddati – 6 yil, kvota – 80 kishi.

2. Malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi (sog‘liqni saqlash sohasida yordamchi personalni tayyorlash) - ta’lim muddati – 3 yil, kvota yo‘nalishlar bo‘yicha 120 kishi:

- Tez tibbiy yordam

- Fizioterapiya

- Anesteziologiya

Sog‘liq bilimlari universiteti (Istambul Turkiya) tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida ochilgan Ibn Sino nomidagi Tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabida ta’lim jarayoni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari talabalariga muvofiqlashtirilgan Sog‘liq bilimlari universitetining o‘quv rejasi va dasturlari asosida turk va o‘zbek tillarida olib boriladi.

O‘qishga qabul qilish va bitiruvchilarning attestasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’lim standartlari talabalariga muvofiqlashtirilgan Sog‘liq bilimlari universiteti (Istambul, Turkiya) tomonidan o‘rnatilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Mutaxassislarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining, hamda xususiy sektorning aniq buyurtmasi asosida tashkillashtiriladi.

O‘qish manzili – Buxoro viloyati.

Ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Sog‘liq bilimlari universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti pedagoglari tomonidan olib boriladi.

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun, stipendiya to‘lash imkoni ko‘rib chiqilmoqda.

Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali ruyxatdan o‘ting: http://qabul.bsmi.uz/