Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ipak Yo‘li xalqaro turizm universiteti talabalariga bir paytda 2ta yo‘nalish diplomini olish imkoni berildi

13.12.2020 22:10
Ipak Yo‘li xalqaro turizm universiteti talabalariga bir paytda 2ta yo‘nalish diplomini olish imkoni berildi

Respublikada ilk bor, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, “Ipak Yo‘li xalqaro turizm universiteti" talabalariga yangi zamonaviy o‘quv standartlari taqdim etiladi, ya’ni talabalarga 2 mutaxassislik - “major” va “minor” tanlash imkonlari yaratiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakili Azamat Akbarov o‘z kanalida xabar bermoqda.

✅ Talabalar 3-kursga kelib, o‘zlari o‘qigan fakultetdan istalgan boshqa bir yo‘nalishni yoki 2021-2022 o‘quv yilida ochiladigan yangi 3 ta fakultetdan istalgan bir yo‘nalishni o‘zlari uchun “minor” sifatida tanlashlari mumkin.

Masalan, “major” turizm marketing bo‘lsa, “minor” koreys tili yoki jurnalistika bo‘lishi mumkin.

🔰 Bundan tashqari, ayni shu oliygohda 2021-yil mart oyidan (bahorgi semestr) Ziyorat turizm hamda Kreativ industriya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturani boshlash imkoni beriladi. Oliygohda magistratura muddati 1 yildir.