Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

SamDU Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda

09-iyul 10:30
4773
SamDU Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda

Samarqand davlat universitetida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda.

Ushbu fakultetda 2020-2021 o‘quv yilida Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, AQSh va Rossiya kabi rivojlangan davlatlar yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda 8 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 11 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olib boriladi.

Bakalavriat

1.Tarix (Buyuk ipak yo‘li tarixi),
2.Amaliy matematika,
3.Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha),
4.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha),
5.Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi,
6. Maktabgacha ta’lim,
7. Raqamli iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo‘yicha),
8.Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha.

Magistratura

1.Mexatronika va robototexnika,
2.Mashinashunoslik,
3.Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar,
4.Biologiya (Ixtiologiya va gidrobiologiya),
5.Ekologiya (Yaylov ekologiyasi),
6.Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha),
7.Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha),
8.Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori (sohalar bo‘yicha),
9.Inson resurslarini boshqarish,

10.Lingvistika: rus tili,
11.Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti.

Fakultetda o‘qish jarayoni ingliz va rus tillarida olib boriladi. Bakalavriat yo‘nalishining birinchi ikki yili va magistraturaning birinchi yilini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo‘ladilar.

Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish universitetning www.fiep.admission.samdu.uz veb-saytida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Mazkur veb-saytda barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar taqdim etilgan.

Hujjatlar 2020 yilning 20 iyuliga qadar online qabul qilinadi.