Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi

Gollandiya: Erik Blyumbeng stipendiya dasturi

12-iyul 16:48
Gollandiya: Erik Blyumbeng stipendiya dasturi

Muddati:

01.12.2020

Davlat:

Niderlandiya

Ta'lim shakli:

Magistratura

Rasmiy havola:

www.rug.nl

Groningen universiteti (Gollandiya)da Erik Blyumbeng stipendiya dasturi

Muddat: 2020-yil 1-dekabr

Groningen universiteti (University of Groningen) QS World University Rankings 2021 versiyasiga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi universitetlar ichida 128-o‘rinni va Gollandiyadagi universitetlar ichida uchinchi o‘rinni egallaydi.

Erik Blyumbeng nomidagi stipendiya dasturi universitetdagi barcha magistr dasturlari (MSc/MA/LL.M.) uchun talabalarga moliyaviy yordam taqdim etadi.

Stipendiya 1 yoki 2 yil to‘lab beriladi va quyidagi to‘lovlarni o‘z ichiga oladi:
• Ta’lim puli
• Yashash xarajatlari
• Xalqaro safarlar va kitoblar to‘lovlari
• Tibbiy sug‘urta xarajatlari.

Stipendiyaga hujjat topshirish uchun universitetning magistrlik bosqichiga qabul qilingan bo‘lishingiz lozim.

Batafsil mana bu yerdan tanishishingiz mumkin.