Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Xalqaro yoshlar olimpiadasi — 2021

12-iyul 16:30
Xalqaro yoshlar olimpiadasi — 2021

Muddati:

12.10.2020

Davlat:

Rossiya

Rasmiy havola:

olymp.hse.ru

Tashkilotchi: “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti (OIM MTU)
Kim uchun: 10-11 sinf o‘quvchilari va 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun
Qachon: 2020-yil 22-29-oktabr
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 12-oktabr

Har yili o‘tkaziladigan bellashuvda dunyoning 99 ta mamlakatidan ishtirokchilar qatnashadi.

17 ta olimpiada yo‘nalishlari bor: Xorijiy til, sharqshunoslik, dizayn, jurnalistika, tarix, madaniyatshunoslik, matematika, mediakommunikatsiyalar, xalqaro aloqalar, huquq, psixologiya, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar, zamonaviy siyosat, ijtimoiy fanlar, fizika, filologiya, falsafa.

Olimpiadada qatnashish bepul. Bellashuvlar bevosita hududda va masofaviy shaklda amalga oshiriladi.

Afzalligi: 1, 2 va 3-darajadagi diplom sovrindorlari (11 sinf) 2021-yilda Rossiya Federatsiyasi hukumatining OIM MTU’dagi barcha kampuslari ta’lim dasturlari stipendiyasiga da’vo qilishlari mumkin.

Batafsil mana bu yerdan tanishishingiz mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish.