Yaponiya: Duskin Leadership Training Program in Japan dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Yaponiyaning Duskin Ainowa Foundation va Japanese Society for Rehabilitation of Persons with Disabilities (JSRPD) tashkilotlari Duskin Leadership Training Program in Japan dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Dastur Osiyo-Tinch okeani hududi davlatlarida yashovchi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Dasturda 10 nafar nomzod ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Dastur 2022-yil yanvardan oktyabrgacha 10 oy davomida bo‘lib o‘tadi. Dastur ingliz yoki yapon tilida olib boriladi. Dastur 3 bosqichga boʻlingan reja boʻyicha olib boriladi: yapon tilini oʻrganish, guruhli treninglar va individual treninglar.
Grant kimlar uchun?
18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
Dasturda ishtirok erish imkoniyatini qo‘lga kiritgan nomzodlarga 2022-yil yanvardan oktyabrgacha 10 oy davomida Yaponiyada yashashlari va dasturda qatnashishlari uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
1 Turar joy va har kunlik xarajatlar uchun stipendiya beriladi.
2 Barcha transport xarajatlari: borish-kelishga aviachipta, hududiy transport va sayohat xarajatlari qoplanadi.
3 Yaponiyada dasturda qatnashish haqi to‘liq qoplab beriladi.
4 Viza, sugʻurta va pasport toʻlovlari toʻlab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
• Nomzod Osiyo-Tinch okeani hududidagi davlat fuqarosi bo‘lishi kerak (O‘zbekiston kiradi).
• Nomzod 2021-yil 15-aprel holatiga 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lishi lozim.
• Nomzod ingliz va/yoki yapon tilini yaxshi bilish kerak.
• Nomzod oʻz vatanida boʻlajak lider boʻlishi va imkoniyati cheklanganlar bilan ishlashi lozim.
• Nomzod 10 oy Yaponiyada yashay olishi va yapon madaniyaniga moslasha olishi kerak.
• Nomzod trening dasturi yakunida oʻz yurtiga qaytib ketishi va oʻrgangan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishi lozim.
• Nomzod tashkilot qo‘ygan shartlarga rozi bo‘lishi va favqulodda yuz berishi mumkin boʻlgan holatlarga tayyor boʻlishi kerak.
Nomzod trening davomida bir qancha topshiriqlarni amalga oshiradi. Bu haqida batafsil: shu yerda berilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2021-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi.
Hujjat topshirish jarayonida talab qilinadigan barcha hujjatlar duskin_training@dinf.ne.jp elektron pochta orqali yoki pochta orqali Secretariat for the Duskin Leadership Training in Japan c/o JSRPD 1-22-1 Toyama, Shinjuku-ku, Tokyo 162-0052 JAPAN manziliga joʻnatiladi.
Ariza bo‘yicha barcha ma’lumotlar: shu yerda.
Taxminiy hujjatlar tarkibi:
Ariza (PDF nusxasi – bu yerda), Word nusxasi – bu yerda)
Dastur haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda berilgan.