Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Yaponiya: bakalavr darajasi uchun MEXT grant dasturi. Barcha xarajatlar qoplanadi.

03-iyul 12:59
407
Yaponiya: bakalavr darajasi uchun MEXT grant dasturi. Barcha xarajatlar qoplanadi.

Muddati:

17.07.2020

Davlat:

Yaponiya

Ta'lim shakli:

Bakalavriatura

Rasmiy havola:

Dastur haqida: MEXT dasturi xalqaro talabalarga Yaponiyada bakalavr darajasida o‘qish uchun grant taqdim etadi.

Grant miqdori: Tanlab olinganlar Yaponiyada bir yil yapon tilini o‘rganadi. Shundan so‘ng to‘rt yil bakalavr darajasi uchun o‘qiydi. O‘qish, yashash va safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

- 12 yillik ta’lim darajasiga ega bo‘lish (kollej yoki litseyni bitirgan bo‘lish; bakalavr darajasida hozir o‘qiyotganlar ham topshirishi mumkin);
- Yapon tilini boshlang‘ich darajada bilish;
- Ingliz tilini o‘rtacha darajada bilish.

Ariza topshirish tartibi

Anketa va unga ilova qilinadigan hujjatlarni SHU YERDAN saqlab olishingiz mumkin.

Topshiriladigan hujjatlar:

- Anketa;
- Maktab/litsey/kollej yoki universitet baholari ilovasi va guvohnoma/diplom nusxasi (tarjima qilingan nusxalar o‘qish joyi muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
- O‘qituvchi yoki maktab/kollej/litsey direktoridan tavsiyanoma (Namuna ilova qilingan);
- Tibbiy guvohnoma (Namuna ilova qilingan);

MUHIM: Barcha hujjatlar ingliz yoki yapon tilida to‘ldirilishi kerak va Toshkentdagi Yaponiya elchixonasiga ikki nusxada (bir original va bir ko‘chirma) olib borib topshirilishi lozim.

MUHIM: Anketasi qabul qilinganlarning ro‘yxati 4-avgust kuni e’lon qilinadi. Natijani bilish uchun shu kuni elchixonaga o‘zingiz murojaat qilishingiz kerak.

MUHIM: Arizasi qabul qilinganlardan Toshkent shahrida avgust-sentabr oylarida imtihon olinadi. Ijtimoiy-gumanitar soha uchun topshirganlar yapon tili, ingliz tili va matematikadan test topshiradi. Tabiiy fanlar yo‘nalishidagilar qo‘shimcha kimyo, biologiya yoki fizikadan imtihon topshiradi. Imtihondan o‘tish uchun yapon va ingliz tillarini kamida boshlang‘ich darajada bilishingiz kerak.

Imtihongacha kamida 3-4 oy vaqtingiz bor. Bu yapon tilini boshlang‘ich darajada o‘rganish uchun kifoya qiladi.

Sentabr-oktabr oylarida yozma imtihondan o‘tganlardan suhbat olinadi va tanlovning so‘nggi natijalari 2021-yil fevralda e’lon qilinadi.

Elchixona manzili: Toshkent shahri, Sodiq Azimov ko‘chasi, 1-proyezd, 28-uy

Hujjat topshirish muhlati: 2020-yil, 17-iyul

Batafsil ma’lumot: Grant haqidagi to‘liq ma’lumot bilan SHU YERDA (ingliz tilida) tanishing. O‘zbek tilidagi ma’lumotlar SHU YERDA. Savollaringiz bo‘lsa soat 09:00 dan 13:00 gacha hamda 14:30 dan 18:00 gacha elchixonaga 78-120 80 76/60/61/62 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Elchixona sayti: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html