Institut tarixi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.
Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.
Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.



