Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Farg‘ona davlat universiteti kirish ballari 2024

Farg‘ona davlat universiteti haqida umumiy ma'lumot:

Fargʻona davlat universiteti — 1930-yildan — 1991-yilgacha Fargʻona pedagogika instituti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1991- yildan Fargʻona davlat universiteti.

Mustaqillik arafasida Farg‘ona davlat pedagogika instituti nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki O‘zbekistonning eng yirik va nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri edi. 1989-1990-o‘quv yilida institutning 46 ta kafedrasida 530 dan ortiq professor-o‘qituvchilar mehnat qilar edilar. Ulardan 15 nafari fan doktori va 200 nafari fan nomzodi edilar. Oliy o‘quv yurtining 9 ta fakultetidagi kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarida 7,9 ming talaba ta’lim olardi. Institut tashkil topgan kundan 1990-yilga qadar 43 mingdan ziyod oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlandi. Istiqlolga erishish ostonasida Farg‘ona pedagogika instituti bazasida universitet tashkil etish masalasi ham o‘rganib chiqildi.

1991-yil 1-martda Farg‘ona shahrida Pedagogika instituti negizida yangi oliy o‘quv yurti – universitet tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, mustaqillik e’lon qilinishi arafasida vodiyda birinchi, Respublikada esa to‘rtinchi universitet – Farg‘ona davlat universiteti tashkil etildi.

Farg‘ona davlat universiteti fakultetlari:

  • Filologiya fakulteti
  • Matematika-informatika fakulteti
  • Tarix fakulteti
  • Chet tillari fakulteti
  • Harbiy ta'lim fakulteti
  • Jismoniy madaniyat fakulteti
  • Iqtisodiyot fakulteti
  • Pedagogika va psixologiya fakulteti
  • Tabiiy fanlar fakulteti
  • SAN‘ATSHUNOSLIK FAKULTETI
  • Fizika-texnika fakulteti
  • Sirtqi bo‘limi
  • ​Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
  • Agrar qo‘shma fakulteti

Farg‘ona davlat universiteti va xalqaro reytinglar

Fargʼona davlat universiteti 2023 yilning may oyida Avstraliyaning „UniRank“ (tarjimasi — xalqaro universitetlar reytinglari) reyting platformasida mahalliy miqyosda 23-oʼrinni band etdi.

2023 yil may oyida Gruziyaning xalqaro universitetlar reyting tashkiloti „Round University Ranking“ — „RUR“  (tarjimasi — dunyo universitetlari reytinglari) reytingida oʻqitish indikatori boʻyicha top — 883 — oʻrinni egalladi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Amaliy matematika

60540200 / Matematika / Fizika

-
-
-
141.8
57.8

Boshlangʻich taʼlim

60110400

-
-
-
138.6
78.7

Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

60230107 / Qozoq tili va adabiyoti / Chet tili

-
-
-
183.5
145

Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

60230117 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
150.6
117.6

Fizika

60530500

-
-
-
89.4
60.7

Jismoniy madaniyat

60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

-
-
-
175.8
128.2

Maktabgacha taʼlim

60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
113.8
67.2

Matematika

60540100 / Matematika / Fizika

-
-
-
131.3
57.6

Ona tili va adabiyoti: rus tili

60110802

-
-
-
96.5
72.6

Ona tili va adabiyoti: rus tili -Farg'ona tumani

60110802134

-
-
-
87.1
-

Tarix

60220300

-
-
-
154.2
58.1

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60110901

-
-
-
180.6
142

Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili

60110902

-
-
-
127.2
62.5