Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari 2023

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O'zDJTU) haqida umumiy ma'lumot:

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.

1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo`ldi.

Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o`rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta ta’lim yo`nalishida bakalavr, 13 ta ta’lim yo`nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet talabalari chuqur bilim va ko’nikmalar asosida til o’rganish, o’qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo’lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda ta’lim tizimi ham o’zgarmoqda. Oliy ta’lim muassasasida til va madaniyat o’rtasidagi aloqa ta’lim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlari va yo'nalishlari:

Universitet filologiya va tillarni oʻqitish sohasida taʼlim beruvchi 9 fakultetdan tashkil topgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida asosiy eʼtibor filologiya hamda jahon tillarini oʻqitishga qaratilgan boʻlib, universitetda jami 9 ta fakultet mavjud. Fakultetlarning barchasi filologiya sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlab keladi. Hozirgi kunda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud:

  1. Tarjimonlik fakulteti
  2. Ingliz filologiyasi fakulteti
  3. Ingliz tili birinchi fakulteti
  4. Ingliz tili ikkinchi fakulteti
  5. Ingliz tili uchinchi fakulteti
  6. Roman-german filologiyasi fakulteti
  7. Rus filologiyasi fakulteti
  8. Sharq filologiyasi fakulteti
  9. Media va kommunikatsiya fakultet

Kafedralarning umumiy soni 29 taga teng.

Aynan O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator xorijiy tillar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lgan talabalar bugungi kunda xalqaro miqyosda turli jabhalarda faoliyat yuritishmoqda. Universitet bitiruvchilaridan yetuk tarjimonlar, chet tili o’qituvchilari, siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar va turli qo’shma korxonalarda faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarning borligi universitet nufuzi naqadar yuqori ekanligini ifodalaydi.

2018-yili AQSHning Vebster universiteti bilan imzolangan kelishuv asosida bir yillik magistratura akademik Dasturi tashkil etildi. Mazkur magistratura Dasturi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, bu maskanda butun dunyo yoshlari tahsil olishlari mumkin.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

60320200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Chet tili

20
10
10
101.7
72.1

Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

60230121 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

13
3
10
73.4
-

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

60230103 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

70
20
50
173
156

Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

60230105 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

12
3
9
148.6
110.4

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

60230109 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

15
5
10
161.2
145.5

Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

60230112 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

45
15
30
94.8
57.7

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

60230113 / Rus tili va adabiyoti / Chet tili

85
25
60
155.9
122.7

Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili

60230115 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

15
5
10
136.7
92.5

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

60230123 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

20
10
10
148.4
119.7

Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

60230124 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

20
10
10
147.5
121.7

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

60320110 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Chet tili

25
5
20
132.2
78.4

O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)

60111701 / 6-sinf. 4-5-6 mavzular / O‘zbek tili va adabiyoti

90
30
60
147.8
126

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

60230208 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

13
3
10
-
61.2

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

60230202 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

30
10
20
167.9
153.8

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: italyan tili

60230203 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

15
5
10
133.8
97.8

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

60230205 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

30
10
20
70.2
65.1

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: turk tili

60230207 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

12
3
9
124.7
91.8

Xalqaro munosabatlar

60310800 / Tarix / Chet tili

12
2
10
160.9
132.2

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60111802 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

480
150
330
157.9
141.1