Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kirish ballari 2022

UzJOKU haqida umumiy ma’lumot

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 24-may 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, yangi taʼsis etilgan, O‘rta Osiyodagi jurnalistika sohasiga ixtisoslashgan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibiga kiradi. Universitetda bakalavr bosqichi boʻyicha Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika, Teleradiojurnalistika, Bosma va ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi, Sport jurnalistikasi, Harbiy jurnalistika yoʻnalishlari mavjud. Universitet hozirda yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina jurnalistlarni tayyorlab qolmay, mediadizayner, mediamarketolog, PR menejerlar hamda axborot xizmatlari uchun ham kadrlar tayyorlamoqda.

OʻzJOKUda 3 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud boʻlib, bakalavr, magistratura va sirtqi boʻlimlarda quyidagi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim beriladi. 

BAKALAVR 10 ta ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60210400 — Dizayn (Mediadizayn);
  • 60310700 — Siyosatshunoslik;
  • 60320100 — Jurnalistika (Bosma OAV jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Teleradio jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Internet jurnalistika);
  • 60320100 — Jurnalistika (Xalqaro jurnalistika);
  • 60320100 — Jurnalistika (Sport jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Harbiy jurnalistika);
  • 60320200 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 60412500 — Marketing (Mediamarketing va reklama);

MAGISTRATURA mutaxassiligi:

  • 70230601 — Noshirlik ishi va muharrirlik;
  • 70320101 — Jurnalistika (Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi);
  • 70320101 — Jurnalistika (Siyosiy-huquqiy jurnalistika);
  • 70320101 — Jurnalistika (Internet jurnalistika);
  • 70320101 — Jurnalistika (Sport jurnalistikasi);
  • 70320101 — Jurnalistika (Sport tadbirlarini sharhlovchi);
  • 70320101 — Oliy jurnalistika kurslari;
  • 70320102 — Xalqaro jurnalistika;
  • 70320103 — Televideniya va radioeshittirish;
  • 70320201 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 70411201 — Menejment (Mediamenejment);
  • 70411204 — PR menejment va PR tahlil.

O‘zJOKUda hozirda Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, jurnalistika tarixi muzeyi, tele-radio studiya, fotolabaratoriya va Talabalar press klubi co-working markazi faoliyat yuritmoqda. Universitetda umumiy professor-o‘qituvchilar soni 208 nafar, shulardan professor 4 nafar, dotsent 24 nafar, fan doktori 4 nafar, fan nomzodi 12 nafar, PhD 13 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari universitet dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatgan.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kirish ballari 2022-2023 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 60320200 35 15 20 81.9 59.5
Dizayn: (mediadizayn) 60210403 25 5 20 158.2 78.5
Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi 60320102 35 7 28 120.9 62.8
Jurnalistika: harbiy jurnalistika 60320109 50 10 40 103.5 69.1
Jurnalistika: internet jurnalistika 60320104 35 7 28 122.3 64
Jurnalistika: iqtisodiy jurnalistika 60320103 50 10 40 78.6 67.6
Jurnalistika: san'at jurnalistikasi 60320106 50 10 40 108.6 58.7
Jurnalistika: sayohat jurnalistikasi 60320105 50 10 40 111.6 58.1
Jurnalistika: sport jurnalistikasi 60320110 35 7 28 132.9 86.2
Jurnalistika: teleradio jurnalistikasi 60320107 35 7 28 143.8 106.7
Jurnalistika: xalqaro jurnalistika 60320101 35 7 28 144 65.6
Marketing (mediamarketing va reklama) 60412502 50 10 40 133 78.7
Menejment (mediamenejment) 60411207 25 5 20 114.9 73
Psixologiya: amaliy psixologiya 60310901 25 5 20 139.7 99
Siyosatshunoslik 60310700 25 5 20 166.9 150.3
Sotsiologiya 60311000 25 5 20 80.2 58.7
Xalqaro munosabatlar 60310800 25 5 20 176.2 156.3