Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kirish ballari 2024

UzJOKU haqida umumiy ma’lumot

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 24-may 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, yangi taʼsis etilgan, O‘rta Osiyodagi jurnalistika sohasiga ixtisoslashgan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibiga kiradi. Universitetda bakalavr bosqichi boʻyicha Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika, Teleradiojurnalistika, Bosma va ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi, Sport jurnalistikasi, Harbiy jurnalistika yoʻnalishlari mavjud. Universitet hozirda yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina jurnalistlarni tayyorlab qolmay, mediadizayner, mediamarketolog, PR menejerlar hamda axborot xizmatlari uchun ham kadrlar tayyorlamoqda.

OʻzJOKUda 3 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud boʻlib, bakalavr, magistratura va sirtqi boʻlimlarda quyidagi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim beriladi. 

BAKALAVR 10 ta ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60210400 — Dizayn (Mediadizayn);
  • 60310700 — Siyosatshunoslik;
  • 60320100 — Jurnalistika (Bosma OAV jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Teleradio jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Internet jurnalistika);
  • 60320100 — Jurnalistika (Xalqaro jurnalistika);
  • 60320100 — Jurnalistika (Sport jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Harbiy jurnalistika);
  • 60320200 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 60412500 — Marketing (Mediamarketing va reklama);

MAGISTRATURA mutaxassiligi:

  • 70230601 — Noshirlik ishi va muharrirlik;
  • 70320101 — Jurnalistika (Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi);
  • 70320101 — Jurnalistika (Siyosiy-huquqiy jurnalistika);
  • 70320101 — Jurnalistika (Internet jurnalistika);
  • 70320101 — Jurnalistika (Sport jurnalistikasi);
  • 70320101 — Jurnalistika (Sport tadbirlarini sharhlovchi);
  • 70320101 — Oliy jurnalistika kurslari;
  • 70320102 — Xalqaro jurnalistika;
  • 70320103 — Televideniya va radioeshittirish;
  • 70320201 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 70411201 — Menejment (Mediamenejment);
  • 70411204 — PR menejment va PR tahlil.

O‘zJOKUda hozirda Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, jurnalistika tarixi muzeyi, tele-radio studiya, fotolabaratoriya va Talabalar press klubi co-working markazi faoliyat yuritmoqda. Universitetda umumiy professor-o‘qituvchilar soni 208 nafar, shulardan professor 4 nafar, dotsent 24 nafar, fan doktori 4 nafar, fan nomzodi 12 nafar, PhD 13 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari universitet dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatgan.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kirish ballari 2024-2025 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 60320200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Chet tili 126.6 93.5
Dizayn: mediadizayn 60210406 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 132.9 81.3
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili 60230107 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 180.5 169.7
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili 60230114 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 151.2 114.9
Ijtimoiy ish 60920100 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 105 75.7
Jurnalistika 60320100 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Chet tili 134 97.3
Marketing 60411200 / Matematika / Chet tili 151.4 112.7
Menejment 60410800 / Matematika / Chet tili 157.4 109.4
Psixologiya 60310300 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 127.8 81.2
Siyosatshunoslik 60310100 / Tarix / Chet tili 178.6 161.6
Sotsiologiya 60310400 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 88.2 65.3
Xalqaro munosabatlar 60310200 / Tarix / Chet tili 185.9 161.5