Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti kirish ballari 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992–yil 28–fevraldagi «Respublikada yangi ta’lim o‘rinlarini tashkillashtirish haqida»gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992-yil 11-martdagi qarori asoslanib, Qoraqalpoq davlat universiteti qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fakulteti bazasida, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkillashtirildi.

FAKULTETLARI: Qishloq xo’jalig’i menedjmenti va zootexniya, Agronomiya, Agroinjeneriya

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qaroriga (275-son, 04.05.2021 y.) muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etildi.

Institutda taʼlimning kredit-modul tizimi joriy etilgan, shuningdek, haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilandi.

2022/2023 o‘quv yilidan Institut tuzilmasida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Institut huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti kirish ballari 2022-2023 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 60810700 20 5 15 81.1 71.3
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish 60812500 30 10 20 73.5 63.2
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish 60812000 30 10 20 68.2 60
Logistika (agrologistika) 60411701 30 10 20 82.1 65.3
Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish 60820200 30 10 20 69.2 60.2
O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) 60811001 30 10 20 — 56.7
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) 60811200 20 7 13 76.5 66.4
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811301 30 10 20 70.6 58
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida) 60711401 30 10 20 68.1 56.8
Zooinjeneriya: qorako‘lchilik 60811505 20 5 15 71.2 62