Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti kirish ballari 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992–yil 28–fevraldagi «Respublikada yangi ta’lim o‘rinlarini tashkillashtirish haqida»gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992-yil 11-martdagi qarori asoslanib, Qoraqalpoq davlat universiteti qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fakulteti bazasida, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkillashtirildi.

FAKULTETLARI: Qishloq xo’jalig’i menedjmenti va zootexniya, Agronomiya, Agroinjeneriya

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qaroriga (275-son, 04.05.2021 y.) muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etildi.

Institutda taʼlimning kredit-modul tizimi joriy etilgan, shuningdek, haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilandi.

2022/2023 o‘quv yilidan Institut tuzilmasida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Institut huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti kirish ballari 2025-2026 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Agrokimyo va tuproqshunoslik 60810200 / Biologiya / Kimyo 85 64.9
Agronomiya 60810400 / Biologiya / Kimyo 79.8 67.3
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 / Matematika / Fizika — 56.7
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 60811100 / Biologiya / Kimyo — 66.8
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 / Kimyo / Biologiya 115.4 56.7
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish 60811300 / Matematika / Fizika — 57.1
Ipakchilik va tutchilik 60810900 / Biologiya / Kimyo 72.2 62
Iqtisodiyot 60410100 / Matematika / Chet tili — 78.6
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 / Biologiya / Kimyo 73.5 63
Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish 60820100 / Biologiya / Kimyo 68.3 62.8
Oʻsimliklar himoyasi va karantini 60810500 / Kimyo / Biologiya 68.5 57.8
Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi 60810600 / Biologiya / Kimyo 70.2 63.2
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 / Matematika / Fizika 68.2 58.9
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi 60810700 / Kimyo / Biologiya — 56.8
Suv bioresurslari va akvakultura 60830100 / Biologiya / Kimyo 75.9 62.9
Suv xoʻjaligi va melioratsiya 60811200 / Matematika / Fizika 68.2 56.9
Veterinariya meditsinasi 60840100 / Biologiya / Kimyo 101.7 68.2
Yer kadastri va yer tuzish 60811600 / Matematika / Fizika 72.3 56.7
Zooinjeneriya 60810800 / Biologiya / Kimyo 77.4 64.1