2019 yil 3 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Filialda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: Zooinjeneriya, Veterinariya meditsinasi, Veterinariya-sanitariya ekspertizasi, Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.
Filialda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlangan va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, filial prezidentning 2019 yil 28 martdagi qaroriga asosan tashkil etilgan.