Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali kirish ballari 2024

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali haqida umumiy ma'lumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul №3153-son  “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va lqtisodiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kunduzgi boʻlimda “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”,  “Kimyoviy texnologiya”, “Konchilik elektr mexanikasi” kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. SHuningdek, oliygohimizda kechki va sirtqi boʻlimlar ham tashkil etilib, ushbu boʻlimlarda 2003 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy laboratoriya jihozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mazkur masalada TDTU Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi, jumladan metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, kimyoviy texnologiya, gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, mashinasozlik hamda favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oʻquv-laboratoriyalarini xarid qilingan.

 Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali fakultetlari:

  • Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti
  • Konchilik ishi fakulteti
  • Energetika va mashinasozlik fakulteti

 Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali kafedralari:

  • METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Metallurgiya kafedrasi
  2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Kimyo va fizika kafedrasi
  2. Ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi
  • KONCHILIK ISHI FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Konchilik ishi kafedrasi
  2. Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. O‘zbek tili va adabiyoti  kafedrasi
  2. Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
  • ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi
  2. Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
  3. Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi  

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRASI

  1. Matematika va informatika kafedrasi

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Elektr muhandisligi

60710500 / Matematika / Fizika

-
-
-
-
65

Energetika muhandisligi

60710400

-
-
-
-
66.3

Kimyo muhandisligi

60710100

-
-
-
-
62.8

Konchilik elektr mexanikasi

60721200

-
-
-
-
63.1

Konchilik ishi

60720800 / Matematika / Fizika

-
-
-
-
63.9

Metallurgiya muhandisligi

60711200 / Fizika / Matematika

-
-
-
-
61.9

Mexanika muhandisligi

60712300

-
-
-
-
62.3

Texnologik mashinalar va jihozlar

60720401

-
-
-
-
67.2