Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kirish ballari 2022

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.

Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.

TATU - BUGUN

  • 1955 yil - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
  • 1960 yil - elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
  • 1978 yil - Frunze (hozirda Bishkek), Dushanbe, Olma-Ota va Farg`ona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi.
  • 1993 yil - TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
  • 1994 yil - Markaziy Osiyo respublikalari hamda Mo`g`iliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o`quv markazi (SAUTST) tashkil etildi
  • 1997 yil - institut qoshida litsey-internat faoliyat yurita boshladi
  • 1999 yil - institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi
  • 2002 yil - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
  • 2005 yil - Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg`ona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi

TATU - bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, ta'lim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog`i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo`yicha yuqori mavqega ega bo`lgan universitetdir. Keyingi yillarda universitetda yaxshi an'analar soni ko`payib bormoqda, bakalavriatura ta'limining yangi yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda, moddiy-texnik baza yaxshilanmoqda, yangi korpuslar qurilmoqda.

TATU FAKULTETLARi

  1. AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti
  2. AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
  3. Televizion texnologiyalar fakulteti
  4. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
  5. Kiberxavfsizli fakulteti
  6. Dasturiy injiniring fakulteti
  7. Kompyuter injiniringi fakulteti
  8. Radio va mobil aloqa fakulteti
  9. TATU-BGUIR qo'shma axborot texnologiyalari fakulteti

TATU yotoqxonasi haqida:

Talabalar turar joyiga ariza yozish uchun topshiriladigan kerakli xujjatlar ruyxati:

  • Yashash joyidan (maxalla) kam taʼminlanganlik haqidagi maʼlumotnoma;

  • Yashash joyidan oilada ko‘p sonlik maʼlumotnoma; 3. 3,5-4,5 2 dona rasm;

  • 1 dona papka dlya bumag, 2 dona konvert;

  • Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingin talabalar shartnoma shartini bajarganlik haqidagi maʼlumotnoma (kvitansiya);

  • Ariza.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

60610300

13
-
13
-
75.6

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment

60611200

15
-
15
-
104.1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

60611300

30
-
30
-
64.4

Dasturiy injiniring

60610600

30
-
30
-
72.7

Elektron tijorat

60412800

15
-
15
-
92.6

Kiberxavfsizlik injiniringi

60612100

15
-
15
-
76.1

Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari")

60610503

30
-
30
-
77.1

Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

60320400

15
-
15
-
67.6

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310502

15
-
15
-
108.7

Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, "Teleradioeshittirish", "Mobil tizimlar")

60611002

45
-
45
-
69.2

Televizion texnologiyalar ("Audiovizual texnologiyalar", "Telestudiya tizimlari va ilovalari")

60611100

15
-
15
-
67.8