Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kirish ballari 2023

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti haqida umumiy ma'lumot:

Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi Farmoniga koʻra, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetning Oʻzbek filologiyasi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetlari bazasida tashkil qilingan hamda ushbu fakultetlar tarixini oʻzining faxr-iftixor manbasi sifatida qadrlaydi.

1918-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti Adabiyot va falsafa fakulteti ochilgan. Ushbu fakultet hozirgi kunda bir nechta mustaqil universitetlar uchun ham asos boʻlgan. 1921-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti Sharq tadqiqotlari fakulteti tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu fakultetdan mustaqil institut va bir nechta fakultetlar ajralib chiqqan. 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil etildi va eng avvalo Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tuzildi. Ayni vaqtda Oʻrta Osiyo davlat universiteti ham faoliyat yuritgan. 1942-yili Oʻrta Osiyo davlat universitetida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet koʻplab mashhur olimlar, ijodkorlar uchun markaz hisoblangan. 1950-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet institutning eng qadimiy va eng yirik fakulteti sanalgan. 1956-yil esa Oʻrta Osiyo davlat universiteti Toshkent davlat universiteti deb qayta nomlandi va Filologiya (oʻzbek, rus, roman-german tillari va jurnalistika) fakulteti tashkil etildi.  1998-yilda Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berildi va Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti qayta tashkil etildi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetning ilmiy faoliyati

Universitet huzurida 8 ta ixtisoslik boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tuzilib, muvafaqqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Universitetda 2022-yilning oʻzida ilmiy salohiyat koʻrsatkichi 56.3% ga koʻtarildi. Kelgusi 5 yil ichida ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash orqali ilmiy salohiyat kamida 75 foizga yetkazilishi kutilmoqda (aniq amaliy choralar koʻrilmoqda).

Scopus va Web of Science kabi ilmiy bazalarda indekslanadigan ilmiy jurnallarda universitet professor-oʻqituvchilari muallifligida 2019-yilda jami 6 ta maqola, 2020-yilda esa 36 ta maqola va 2021-yilda 22 ta maqola chop etildi.

2019-yilda 26 ta, 2020-yilda esa 50 ta, 2021-yilning oʻtgan davri davomida 53 ta monografiya chop etildi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti fakultetlari:

  • Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili),
  • Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti,
  • Oʻzbek-ingliz tarjima fakulteti. 

    

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yotoqxonasi:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 670 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta TTJ mavjud. 

Talabalar turar joyida doimiy ravishda hayot juda ham qizg‘in. Xususan, ular uchun tashkil etilgan kutubxona 24 soat davomida faoliyat yuritadi. TTJda Wi-Fi hududining tashkil etilishi, qavatlararo tanlovlarning uyushtirilishi va turli xil festivallar o‘tkazilishi, albatta, oltin davrning unutilmas voqealari hisoblanadi. 

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Amaliy filologiya

60230700 / Ona tili va adabiyoti / Chet tili

25
10
15
142.5
126.7

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

60230119 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

200
40
160
154.3
124.9

Folklorshunoslik va shevashunoslik

60230900 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

25
5
20
132
111

Kompyuter lingvistikasi

60230800 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

25
5
20
135.6
110.5

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o‘zbek tili

60230302 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

25
10
15
138.1
120.6

Noshirlik ishi

60230600 / Ona tili va adabiyoti / Chet tili

25
5
20
138.5
117.2

O‘zbek tili va adabiyoti

60111400 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

100
40
60
147.3
129.9

Psixologiya: amaliy psixologiya

60310902 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

50
20
30
109
87.2

Sotsiologiya

60311000 / Matematika / Ona tili va adabiyoti

50
15
35
90.7
74.3

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

60230208 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
109.4
74.9

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

60230202 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

75
15
60
170.8
151.6

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

60230205 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

25
10
15
102.7
71.2