Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kirish ballari 2023
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti haqida umumiy ma'lumot:
1918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyoda yagona ilk sharqshunoslik oliy o‘quv yurti bo‘lib, qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi.
1990-yilda sharq fakulteti negizida Toshkent Davlat universiteti qoshida Sharqshunoslnk instituti tashkil qilindi. 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti fakultetlari:
Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Arab filologiyasi kafedrasi
Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi
Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi
Urdu tili, adabiyoti, Pokiston madaniyati va tarixi
Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi
Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi
Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi
Nazariy va amaliy tilshunoslik
Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti
Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi
Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi
Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizmfakulteti
Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti kafedrasi
Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi
Matematika va umumiqtisodiy fanlar kafedrasi
Xitoyshunoslikfakulteti
Xitoy filologiyasi kafedrasi
Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Koreyashunoslikfakulteti
Koreys filologiyasi kafedrasi
Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Yaponshunoslik fakulteti
Yapon filologiyasi kafedrasi
Yaponiya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Turkshunoslikfakulteti
Turk filologiyasi kafedrasi
Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
G‘arb tillari kafedrasi
Universitet maqomining berilishi
2020-yilda Oʻzbekiston sharqshunosligi sohasida unutilmas yil boʻldi, chunki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev "Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi[14] qarorga imzo chekdi. Qaror bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yotoqxonasi:
Universitetning talabalar turar joyida jami 290 ta talaba-yoshlar yashab kelmoqda. Shundan qiz talabalar 140 nafar va o’g’il bola talabalar 150 nafarni tashkil qiladi. TTJ da talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun sport zali, kutubxona doim faoliyat yuritadi.
Adres: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar 33.
Tel.: 71 2623114
Ushbu video orqali Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining fakultetlar va yo'nalishlar ro'yxati, kirish ballari, qabul kvotalari haqida batafsil yoritib berishga harakat qildik. Videoni tomosha qiling va o'zingiz uchun ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ling.