Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kirish ballari 2025
Kirish ballari va qabul kvotalari
Mutaxassislik
Kirish ballari
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
1918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyoda yagona ilk sharqshunoslik oliy o‘quv yurti bo‘lib, qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi.
1990-yilda sharq fakulteti negizida Toshkent Davlat universiteti qoshida Sharqshunoslnk instituti tashkil qilindi. 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi.
Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti
Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti
Xitoyshunoslik fakulteti
Koreyashunoslik fakulteti
Yaponshunoslik fakulteti
Turkshunoslik fakulteti
2020-yilda Oʻzbekiston sharqshunosligi sohasida unutilmas yil boʻldi, chunki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev "Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi[14] qarorga imzo chekdi. Qaror bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.
Universitetning talabalar turar joyida jami 290 ta talaba-yoshlar yashab kelmoqda. Shundan qiz talabalar 140 nafar va o’g’il bola talabalar 150 nafarni tashkil qiladi. TTJ da talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun sport zali, kutubxona doim faoliyat yuritadi.
Adres: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar 33.
Tel.: 71 2623114
Ushbu video orqali Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining fakultetlar va yo'nalishlar ro'yxati, kirish ballari, qabul kvotalari haqida batafsil yoritib berishga harakat qildik. Videoni tomosha qiling va o'zingiz uchun ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ling.