O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martdagi 172-sonli qaroriga binoan Termiz tibbiyot kolleji bazasida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etilib, u 2018 yil 1 fevraldan faoliyatini boshladi.
2017-2019 o‘quv yilida 287 nafar talaba, 2018-2019 yillarda 409 nafar, 2019-2020 o‘quv yilida esa 386 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda filialda tibbiy fakultet mavjud bo‘lib, talabalar ikki yo‘nalishda tibbiy va pediatriya sohasida tahsil olmoqdalar, ulardan 665 nafari Surxondaryo viloyati talabalari.