Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Xalqaro Nordik universiteti kirish ballari 2024

Xalqaro Nordik universiteti — O'zbekiston va Finlyandiya hukumatlari o'rtasidagi davlatlararo kelishuv asosida 2022-yil 8-avgustda tashkil etilgan, №034528-sonli litsenziyaga ega xalqaro xususiy oliy ta'lim muassasasi. Universitet Finlyandiyaning ilg'or ta'lim tizimini O'zbekistonga olib kelgan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Finlyandiya Prezidenti Aleksand Stubb bilan bo'lgan rasmiy uchrashuvlarda maxsus tilga olingan.

Bugungi kunda universitetda 5 000+ talaba ta'lim olmoqda, 1 387 nafar bitiruvchi mehnat bozoriga chiqib, ularning 90 foizi ish bilan ta'minlangan.

Xalqaro hamkorlik — Nordikni O'zbekistondagi boshqa universitetlardan ajratib turuvchi asosiy ustunlik. Talabalar quyidagi nufuzli xorijiy universitetlarda o'qib, ikki diplom (double degree) olish imkoniyatiga ega:

  • Karelia UAS (Finlandiya) — 50% chegirma, ingliz va fin tillarida ta'lim

  • Rowan University (AQSh, New Jersey) — Carnegie R1 maqomi, 3+1 bakalavriat, 1+1 magistratura; O'zbekistonda o'qib Amerika diplomini olish atigi 5 500$

  • Lawrence Technological University (AQSh) — 80% gacha grant, TOP-65

  • University of Trento (Italiya) — 100% grant imkoniyati, QS-485

  • Daegu University (Koreya) — KGSP granti, $500 stipendiya, TOP-54

  • Universiti Utara Malaysia — bepul exchange, QS Top-500

Work & Travel dasturi doirasida talabalar yozgi ta'tilda Finlandiya va Bolgariyada ishlab, 3 oyda 3 000–5 000 yevro daromad qilish imkoniyatiga ega. So'nggi 4 yilda 200+ talaba bu dasturda ishtirok etgan.

Grant va chegirmalar: Xalqaro Nordik universiteti cheksiz grantlarni tavsiya etadi! Agarda sizda CEFR, IELTS, SAT va milliy sertifikatlar bo'lsa, siz 10-100% gacha bo'lgan grantlarni qo'lga kiritishingiz mumkin.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari