Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2000 ta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi?

08-fevral 10:43
2000 ta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi?

Davlat tomonidan ajratilgan 2000 ta grant (4%lik imtiyoz) doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish jarayoni e’lon qilindi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Tavsiyanoma uchun arizalar qachon qabul qilinadi?

  • Ariza topshirish muddati: 30-maydan 8-iyungacha (shu kuni ham qabul qilinadi).
  • Arizalarni xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda topshirish mumkin.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

  • Kam ta’minlangan oilalardagi qizlarga
  • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi vafot etgan qizlarga
  • Nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga
  • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bor yolg‘iz ayollarning qizlariga
  • Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga
  • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga

Tavsiyanomalar qachon beriladi?

  • Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi.
  • 14-iyungacha tavsiyanomalar elektron shaklda tayyorlanadi.
  • 15-iyungacha barcha talabgorlarga tavsiyanomalar yetkaziladi.

Batafsil ma’lumot uchun manba.