5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish boshlandi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma berish jarayoni boshlanganini maʼlum qildi. Mazkur imtiyoz alohida davlat granti parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Tavsiyanoma olish uchun qanday talablar mavjud?
Tavsiyanoma olishni istagan nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- o‘rta maxsus yoki professional taʼlim maʼlumotiga ega bo‘lishi;
- oliy maʼlumotga ega bo‘lmasligi;
- diplomdagi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi.
Ariza qayer orqali topshiriladi?
Nomzodlar arizani mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborishlari mumkin:
Elektron tizimdan foydalanishda qiynalayotgan fuqarolar esa Davlat xizmatlari markazlari orqali ham murojaat topshirishi mumkin.
Tavsiyanoma qanday imtiyoz beradi?
Qo‘mita maʼlumotiga ko‘ra, tavsiyanoma abituriyentga tanlagan taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha alohida tanlov asosida kirish imtihonlarida qatnashish ҳуқуқини beradi.
Shuningdek:
- tavsiyanoma 3 yil davomida amal qiladi;
- undan faqat bir marta foydalanish mumkin.
Avval tavsiyanoma olganlar qayta ariza topshiradimi?
2024–2025-yillarda tavsiyanoma olib, oliy taʼlimga kira olmagan xotin-qizlardan bu yil qayta ariza topshirish talab qilinmaydi. Ularning avvalgi hujjatlari amal qilishda davom etadi.