Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2024-yil tanlovida o‘tish balli eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar e’lon qilindi

30-avgust 00:12
2024-yil tanlovida o‘tish balli eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar e’lon qilindi

Tanlovda o‘tish balli yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar ma’lum qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligining ma’lum qilishicha, 2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarida bir qancha ta’lim yo‘nalishlari va oliy ta’lim muassasalarida o‘tish ballari baland bo‘lgan.

Rasmda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, davlat grantiga o‘tish balli eng yuqori bo‘lgan beshta yo‘nalishlar orasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqand davlat universiteti va boshqa bir qancha nufuzli oliy ta’lim muassasalarining yo‘nalishlari kiritilgan. Shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida o‘tish ballari yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar ham ko‘rsatilgan.

Yuqori ball bilan kirish talab etilgan yo‘nalishlar abituriyentlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.