Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2025-yildan oliy harbiy talabalarga “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi beriladi

Bugun, 15:19
2025-yildan oliy harbiy talabalarga “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi beriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan O‘zbekistonda yoshlar uchun bir qator yangi imtiyozlar va rag‘batlantiruvchi dasturlar joriy etiladi. Bu Prezidentning yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda.

“Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi

Yangi tartibga ko‘ra:

  • Oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

  • Bu stipendiya eng namunali kursant va tinglovchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Muhandislik-ixtirochilik olimpiadalari va imtiyozli grantlar

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:

  • O‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

  • G‘olib bitiruvchilar davlat OTMlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

  • Bular faqat olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga amal qiladi.

Ilm va atrof-muhitga qiziqishni rag‘batlantirish

Bundan tashqari:

  • Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

  • “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 10 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.

  • Bu jamg‘arma atrof-muhitni asrash va tabiatga muhabbat uyg‘otish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga xizmat qiladi.