3/97 qoidasi: Har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi kitoblar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
3/97 qoidasi quyidagicha izohlanadi: Agar biror sohadagi eng yaxshi 3 ta kitobni o‘qisangiz, o‘sha sohada 97% odamdan ko‘proq bilimga ega bo‘lasiz. Bu qoidaning mohiyati shundaki, ekspert bo‘lish qiyin emas, aksincha, ko‘pchilik odamlar yetarlicha kitob o‘qimaydi. Quyida har xil sohalar uchun eng yaxshi 3 kitobdan birini tanlashingiz mumkin:
-
Tadbirkorlik qilmoqchimisiz?
- Million dollarlik xatolar — Pavel Annenkov
-
Yomon odatlaringizdan qutulmoqchimisiz?
- Atomic Habits — James Clear
-
Talabamisiz?
- Mind for Numbers — Barbara Oakley
-
Ota(ona) bo‘ldingizmi?
- Uchdan keyin kech — Masaru Ibuka
-
Turmush qurmoqchimisiz?
- Baxtli hayot sari — Ziyovuddin Rahim
-
Vaqtingizni samarali taqsimlashni o‘rganmoqchimisiz?
- Diqqat — Kel Nyuport
Muvofaqqiyatga erishish uchun 2 muhim qoida:
- O‘zingizni qiynayotgan muammo bo‘yicha kitob tanlab o‘qing. Shunda muallifning so‘zlari sizga kuchliroq ta’sir qiladi.
- Amal qilish kerak! Faqat o‘qishning o‘zi kifoya emas, o‘rgangan narsalaringizni hayotda qo‘llang (Luqmoni Hakim).
Kitob o‘rnini ma’ruza, videodarslik, seminar, treninglar bilan bemalol almashtirish mumkin. Muhimi, vositada emas, ilmni olishda.
— Aziz Rahimov