Mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Hukumat qaroriga ko‘ra, tavsiyanoma uchun arizalar har yili 1-maydan 1-iyunga qadar olinishi kerak.
Qo‘mitaning xabar berishicha, arizaga quyidagi hujjat ilova etiladi:
- Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
- Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
- Ma’lumotnoma-obektivka;
- O‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
- o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
- tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
- o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar ularning ish faoliyatiga mos bo‘lgan yo‘nalishlarini ko‘rsatgan holda Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus dasturiga kiritiladi.
Tavsiyanoma bilan ham xotin-qizlar OTMga kirish imtihonlarida ishtirok etadi. Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, to‘plangan ball bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar Qabul komissiyasi tomonidan taqsimlangan kvotalar asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida tanlovga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.