Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkentdagi Amerika markazi tomonidan media savodxonlikka qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun $8000 gacha grant dasturini e’lon qildi

19.05.2022 18:32
Toshkentdagi Amerika markazi  tomonidan media savodxonlikka qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun $8000 gacha grant dasturini e’lon qildi

Muddati:

08.06.2022

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

Toshkentdagi Amerika markazi tomonidan media savodxonlikka qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun $8000 gacha grant dasturini e’lon qildi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  1. Agarda siz fidoyi va malakali o‘qituvchi bo‘lsangiz:
  2. Media savodxonligi bo‘yicha seminarlarni ishlab chiqish va yetakchilik qilish tajribasiga ega bo‘lsangiz;
  3. Jamiyatingizda ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi media savodxonlikka oid g‘oyangiz bo‘lsa;

Loyihangizni moliyalashtirish imkoniyatini qoʻlga kiritish uchun American Center Tashkent grantiga ariza topshirishing mumkin. Shuningdek agarda loyihangiz ma’qullansa ushbu loyiha uchun $1000 dan $8000 gacha miqdorda amalga oshirish uchun grant ajratib beriladi;
Ariza topshirish uchun ACT Grant Anketasini toʻldiring va uni CV bilan birga tashkentact@gmail.com elektron pochta manziliga 2022-yil 8-iyun ga qadar yuborishingiz kerak.