"Barqarorlik va farovonlik uchun innovatsion yechim" tanlovida ishtirok etib 20 000 dollar yutib olish imkoniyati

Muddati:
14.11.2021
Davlat:
Yaponiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Tanlovlar
"Registon" o’quv markazining jamoasi yurtimizdagi maktablarda o’quvchilarning bilimini sinash maqsadida bepulga testlar olishadi.– Registon ta'lim loyihasi
"Barqarorlik va farovonlik uchun innovatsion yechim" tanlov dasturi Yaponiyaning jahon miqyosidagi kimyo va farmatsevtika kompaniyasi Teyjin tomonidan tashkil etilgan.
- Tanlovda kompaniyalarning global muammolarni hal qilishda yordam beradigan yechim yoki texnologiya bo‘yicha g‘oyalarga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.
Teyjin kompaniyasi xodimlari tomonidan ishtirokchilar orasidan eng sara 8 ta nomzod saralab olinadi. Ular 2022-yil 24-yanvardan 27-fevralga qadar Teyjin kompaniyasi mutaxassilari bilan birgalikda ishlab, o‘z loyiha va tavsiyalarini batafsil yoritib beradilar.
2022-yil mart oyining boshlarida final g‘oliblari natijasi e’lon qilinadi va quyidagicha mukofotlanadilar:
Mukofotlar:
- 1-o‘rin uchun 20 000 dollar;
- 2-o‘rin uchun 13 000 dollar;
- 3-o‘rin uchun 8 000 dollar.
Loyihalar uchun mavzular:
- Atrof-muhit muhofaza qilish;
- Xavfsizlik va tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish;
- Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish;
Tanlovga arizalar 14-noyabrgacha qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun shu yerdan onlayn ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun shu yerga kiring.