“Tolibon” Afg‘onistonda qizlarning oliy ta’lim olishi taqiqlanishi sababini ma’lum qildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Afg‘onistonda talaba qizlar ko‘pincha hijob o‘ramagan, deb da’vo qilmoqda oliy ta’lim vaziri Nada Muhammad Nadim. Bu, go‘yoki, Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” tashkiloti ayollarga universitetlarda ta’lim olishni taqiqlashi sabablaridan biri bo‘lgan, deb yozadi Tolo News.
Vazir jami to‘rtta sababni keltirib o‘tdi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, viloyatlardan kelgan qizlar universitet yotoqxonalarida va o‘qishga borib-qaytishda erkaklar hamrohligisiz yurgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida erkaklar va ayollarni birgalikda o‘qitish davom ettirilgan, ba’zi qizlar esa “islom shariatiga zid” fakultetlarda o‘qigan.
“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga 2021-yil avgustida kelgan edi, shundan keyin mamlakatda ayollar uchun cheklovlar kirita boshladi. 20-dekabr kuni “Tolibon” qizlarning universitetlarda ta’lim olishini taqiqlab qo‘ydi. Bu qancha muddat davom etishi noma’lum. AQSH va Qatar bu qarorni qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. BMT ayollarning OTMlarga qo‘yilmasligi xalqaro huquqning buzilishi deb hisoblaydi.