Al-Beruniy xalqaro maktabi ochiladi: iqtidorli yoshlar “Top-10” oliygohlarga tayyorlanadi

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILO‘zbekistonda iqtidorli yoshlarni dunyoning eng nufuzli universitetlariga tayyorlash maqsadida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab ochiladi. Bu haqda Prezident “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida e’lon qildi.
Nima uchun bu maktab ochiladi?
Ma’lum qilinishicha, chet elda o‘qiyotgan yoshlarimizning:
-
Faqat 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgan;
-
Vaholanki, “Top-10” va “Top-200” oliygohlar ta’lim narxi o‘rtasidagi farq atigi 15-20% ni tashkil qiladi.
Prezident:
“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashsak, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”.
Al-Beruniy xalqaro maktabining vazifalari
-
2025-yildayoq 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olinadi;
-
Ular xalqaro standartlar asosida “Top-10” oliygohlarga maqsadli tayyorlanadi;
-
Ta’lim jarayoni zamonaviy metodikalar va xorijiy ekspertlar ishtirokida olib boriladi.
Milliy dastur va global maqsadlar
“Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi doirasida:
-
Maktablardan har yili 3 ming nafar salohiyatli o‘quvchi tanlab olinadi;
-
Ular Harvard, Yale, Columbia, Cornell kabi oliygohlarga tayyorlanadi;
-
Maslahatchilar yoshlarni individual strategiyalar asosida yo‘naltiradi.
Bu tashabbus orqali O‘zbekistonning xalqaro ta’lim reytinglaridagi natijalari keskin yaxshilanishi kutilmoqda.