Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Avstraliya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun grant dasturi

2.06.2021 13:31
Avstraliya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun grant dasturi

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.kbs.edu.au

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

Kaplan Business School Avstraliyaning mustaqil oliy ta’lim muassasasidir. U Avstraliyada boshqa yirik shaharlrida kampuslar tashkil etishdan oldin 2008 yilda Adelaida shahrida o‘z faoliyatini boshladi. Kaplan Business School Adelaida, Brisben, Melburn, Perth va Sidneydagi CRICOS tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan yettita kampusda faoliyatini olib boradi va biznes, buxgalteriya hisobi va biznesni tahlil qilish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan magistratura dasturlarini taklif qiladi va bir qator biznesga oid akademik fanlardan akkreditatsiyadan o‘tgan buxgalteriya hisobi, menejment, marketing va mehmondo‘stlik va turizmni boshqarish kabi yo‘nalishlarida bakalavr kurslarini taklif etib keladi.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan High Achievers Scholarship grant dasturi yuqori ko‘rsatkichli xalqaro milliy va talabalarni oliygohning bakalavr va magistratura bodqichlarida ta’lim olishlari uchun ma’lum qiymatdagi grantlarni taqdim etishni ko‘zda tutadi.

Grant kimlar uchun:

  • Bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish niyatida bo‘lgan barcha davlat fuqarolari uchun.

Grant taklif etilayotgan o‘quv kurslari qaysilar:

  • Grant biznes, menejment, marketing, buxgalteriya hisobi, biznesni tahlil qilish va biznesni boshqarish kabi sohalarda bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish niyatida bo‘lgan talabalar uchun taqdim etiladi.

Talablar va qabul jarayoni:

  • Xalqaro talabalar uchun qo‘yilgan umumiy talablarni BU YERDAN bilib olishingiz mumkin. Grant dasturi uchun nomzodlik qilish imkoniyati faqatgina ma’lum dasturda o‘qish uchun universitetga qabul qilingan nomzodlarga beriladi;
  • Universitet dasturlaridan birida o‘qish uhun qabul qilingan talabalar BU YERDAN grant dasturi uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil bu yerda