Grantlar

«Bilim uchun 100 million» loyihasi

«Bilim uchun 100 million» loyihasi

2 110 ko'rish

«Bilim uchun 100 million» loyihasi

Umumiy ma’lumotlar:

1. «Bilim uchun 100 million» loyihasi ommabop loyiha bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan barcha ishtirok etishi mumkin;

2. Mazkur loyihani o‘tkazishdan maqsad — yurtimizda bilim olishni ommalashtirish va bilimdonlarni kashf etishdan iborat;

3. Loyiha ikki bosqichda: birinchi bosqich onlayn (1-apreldan 20-avgustgacha), ikkinchi bosqich oflayn shaklda (20-avgustdan keyin, Mustaqillik bayrami arafasida) o‘ktaziladi;

4. Olimpiadaning birinchi bosqichi 1-aprel kuni @bilimtestbot Telegram botida start oladi va 20-avgustga qadar davom etadi. Ishtirokchilar botda taqdim etiladigan savollarni ishlab, ball yig‘ib boradilar;

5. @bilimtestbot’dan foydalanishda foydalanuvchilar to‘liq ro‘yxatdan o‘tishlari va telefon raqamlarini kiritishlari lozim. To‘liq ro‘yxatdan o‘tmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritgan foydalanuvchilarning ishtiroki haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Shu sababli ro‘yxatdan o‘tishda e’tiborli bo‘lish so‘raladi;

6. @bilimtestbot Telegram botida har haftada yangi savollar taqdim etiladi. Foydalanuvchilar hafta davomida istalgan vaqtda savollarni ishlashlari mumkin. Ammo har haftada taqdim etiladigan savollarda bir ishtirokchi faqat bir marta ishtirok eta oladi;

7. Haftalik savollar soni 40 tani tashkil etadi. Savollar malakali ekspertlar tomonidan shakllantirilgan. Bir foydalanuvchiga tushgan savol boshqa bir foydalanuvchiga takroran tushmaydi. Buning uchun yetarli darajada savollar bazasi shakllantirilgan.

8. @bilimtestbot’da 40 ta savolni ishlash uchun 1 soat vaqt beriladi. Savollarni ishlash uchun barcha yo‘nalishlarda kamida o‘rta darajada bilim bo‘lishi talab etiladi.

9. Har haftada taqdim etilgan savollarni foydalanuvchilar ishlab, 20-avgustga qadar ball yig‘ib boradilar. Har haftada eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP 50 nafar ishtirokchi ijtimoiy tarmoqlar va «Mening yurtim» telekanali orqali e’lon qilib boriladi;

10. 20-avgustga qadar @bilimtestbot taqdim etgan savollardan eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi Toshkent shahriga, olimpiadaning ikkinchi bosqichiga taklif etiladi;

11. Olimpiadaning ikkinchi bosqichida @bilimtestbot’da eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi o‘rtasida oflayn shaklda final olimpiadasi o‘tkaziladi. Finalda adolat mezonlarini ta’minlash uchun finalchilar qat’iy nazorat qilinadi va g‘olib aniqlanadi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Foydali

Tasavvur bilimdan ko‘ra muhimroq

Tasavvur bilimdan ko‘ra muhimroqdir. Bilimlar chegaralangan, lekin tasavvur bilan butun dunyoni qamrab olish mumkin. Albert Enshteynning fikri.

496 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish