Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bitta jurnal 63 million so‘m: universitetning obuna shartnomasi muhokamada

31-yanvar 06:21
Bitta jurnal 63 million so‘m: universitetning obuna shartnomasi muhokamada

Toshkent davlat texnika universiteti 679 million so‘mlik jurnal obunasiga shartnoma imzoladi

Toshkent davlat texnika universiteti 2025-yil uchun Rossiyada chop etiladigan ilmiy jurnallarga obuna bo‘lish shartnomasi tuzdi. Shartnoma umumiy qiymati 679 002 588 so‘m bo‘lib, ayrim jurnallarning narxi kutilganidan ancha yuqori ekani jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Eng qimmat jurnallar ro‘yxati

  • “Литейное производство. Технология металлургии”63 456 342 so‘m
  • “Энергосбережение. Альтернативные источники энергии”37 494 690 so‘m
  • “Высокая кибербезопасность”37 494 690 so‘m
  • “Стандарты качества”33 745 140 so‘m
  • “Энергоэффективность. Энергоаудит”27 496 040 so‘m

Shuningdek, ro‘yxatda bir dona jurnal uchun 61 million so‘m ajratilgani ham qayd etilgan. Ushbu ikki jurnalning umumiy qiymati bir avtomobil narxiga teng.

Shartnoma qanchalik asosli?

Obuna narxlarining yuqoriligi akademik jamoatchilik va ekspertlar orasida bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday shartnomalar odatda “pul yuvish” sxemalaridan biri sifatida ko‘riladi.

Toshkent davlat texnika universitetining bu xaridi va uning qonuniyligi alohida o‘rganilishi lozim.