Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSh: Boston universitetida bakalavr bosqichi uchun stipendiya

23.08.2021 22:22
AQSh: Boston universitetida bakalavr bosqichi uchun stipendiya

Muddati:

01.12.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.bu.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

AQShning Boston universitetida talabalar uchun stipendiya

  • Qayerda: Boston, AQSh
  • Arizalarni qabul qilish muddati: 2021-yil 1-dekabr
  • Grant: o‘qish uchun haq
  • Qachon: har yili

Boston universiteti eng yaxshi talabalarga Trustee Scholarshipni taklif etadi. Ushbu grantlar AQShda ilmiy darajaga ega bo‘lgan talabalarga ilmiy yutuqlar va yetakchilik imkoniyatlarini taqdim etish uchun beriladi.

Grant butun o‘qish davri (4 yil) va universitetning barcha to‘lovlarini to‘laydi. Grantni keyingi yillarda ham olish uchun talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lishi lozim.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Stipendiyani shu universitetga qabul qilingan talaba olishi mumkin;

• Nomzodlar yetakchilik ko‘nikmalariga, maktabda yutuqlarga ega bo‘lishi kerak;

• Arizachilar kursning eng yaxshi talabalarining 5-10% va 4,0 GPA (to‘liq ball bilan) bo‘lishi kerak;

• Ingliz tilini yaxshi bilishlari lozim. ( IELTS 7/ TOEFL iBT 80-100) BATAFSIL

Talablar haqida batafsil SHU YERDA.

Qanday qilib murojaat qilsam bo‘ladi?

1. Boston universitetining bakalavr diplomiga hujjat topshirish;

2. Grant olish uchun ariza topshirish va mavzulardan biriga insho yozish kerak (600 so‘zdan oshmasligi kerak batafsil).

Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

O‘qishga kirish uchun topshiriladigan barcha hujjatlar tarkibi SHU YERDA. Hujjat topshirish jarayonlari haqida esa SHU YERDAN topishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollar bo‘lsa shu manzilga murojaat qilishingiz mumkin.