Grantlar

Fully-funded Chinese Government Scholarships 2022: Barcha bosqich talabalari uchun

Fully-funded Chinese Government Scholarships 2022: Barcha bosqich talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

378 ko'rish

Yangilangan:

Fully-funded Chinese Government Scholarships 2022: Barcha bosqich talabalari uchun

Asosiy Ma’lumotlar:

Xitoy ta’lim vazirligi tomonidan moliyalashtiriluvchi Chinese Government Scholarships dasturi e’lon qilindi. The Chinese Scholarship Council ushbu grant uchun barcha xalqaro talabalardan bakalavriat, magistratura, doktorantura va talabalar almashinuvi dasturlari uchun onlayn arizalar qabul qilishni 1-noyabrdan 2021 - yil boshlaydi. CSC stipendiya dasturi o‘zining nufuzli universitetlarida chet ellik talabalar uchun to‘liq moliyalashtirilgan ta’limni taklif etadi. Katta bonus shundaki, chet ellik talabalar Xitoy universitetlari uchun majburiy bo‘lgan va dunyodagi eng qiyin kirish imtihoni hisoblangan Gaokao kirish imtihonini topshirishlari shart emas. Ushbu stipendiya dunyoning barcha mamlakatlari uchun amal qiladi. Ariza berish uchun nomzod o‘quv dasturini tanlashi, arizani to‘ldirishi va kerakli hujjatlarni ilova qilishi kerak.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Barcha chet ellik fuqorolar uchun (Xitoy fuqorolari topshira olishmaydi)
  • Bakalavriat uchun maktab/kollej/litsey diplomi, shuningdek magistratura uchun 4 yillik bakalavr diplomi kerak;
  • Bakalavriat bosqichi uchun nomzod 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi, magistratura uchun esa 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi zarur;
  • Nomzodlar ilgari Xitoy hukumatidan hech qanday grant yutmagan bo‘lishi zarur;

Eslatma: Ushbu dastur 3 turdagi grantlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Chinese CSC Scholarship Category A : Fully Funded- ushbu grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) To‘liq kontrakt miqdorini b) Ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini c) Turar joy bilan ta’minlanadi d)Tibbiy Sug‘urta e) Oylik stipendiya ($350-500);
  2. Chinese CSC Scholarship Category B: Partially Funded: Ushbu grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) To‘liq kontrakt miqdorini b) Ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini c) Turar joy bilan ta’minlanadi d)Tibbiy Sug‘urta;
  3. Chinese CSC Scholarship Category C: Nearly Funded: a) Qisman kontrak miqdorini qoplaydi;

Dasturga qabul jarayoni:

  • Chinese Government Scholarship Program shu grant dasturi uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz. O‘zinggizning shaxsiy ma’lumotlaringgizni hamda 3 ta o‘zinggiz xohlagan Xitoy universitetlarini tanlaysiz;
  • Ro‘yxatdan o‘tganinggizdan so‘ng sizdan tanlagan univeristetinggizni kodi(the code of the selected universities (the code will be available on the internet).) hamda grant turi haqida so‘raladi;
  • So‘ngra barcha hujjatlarini bitta PDF formatda joylaysiz;
  • O‘zinggiz tanlagan universitetinggiz hamda kursi uchun onlayn ariza shaklini yuklab oling;
  • Tanlagan universitetinggizni onlayn arizasi bilan Chinese Government Scholarship grant dasturining ariza shaklini birgalikda veb saytga yuklang;
  • Tanlagan univeristetinggiz so‘ragan barcha hujjatlarini universitetinggizga taqdim eting;
  • Natijalar Chinese Government Scholarship grant dasturining veb sahifasida e’lon qilinadi, shundan so‘ng kerakli hujjatlarni viza uchun tayyorlaysiz;

Eslatma :Dasturga hujjat topshirish 1-noyabr 2021-yil boshlanadi hamda 2022-yilning aprel oyida yakuniga yetadi;

Ushbu grant haqida dasturning veb sahifasidan batafsilroq ma’lumotga ega bo‘ling. Ushbu Chinese Government Scholarship grant dasturiga onlayn arizani BU YERDAN topshiring!

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 815 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 066 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish