Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

DAAD tomonidan nemis tilini bepul o‘rganish uchun yozgi til kurslari

22.08.2021 18:06
DAAD tomonidan nemis tilini bepul o‘rganish uchun yozgi til kurslari

Muddati:

01.12.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www2.daad.de

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

DAAD Summer Courses - chet ellik bakalavr yoki magistratura bosqichida o‘qiyotgan talabalar uchun nemis tilini mukammal o‘rganish, Germaniya madaniyatidan boxabar qilish uchun tashkil etilgan dastur. Ushbu dastur davomida talabalar nemis tilini bepul o‘rganish bilan bir qatorda bir martalik stipendiya va yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ bilan ham ta’minlanadilar.Til kurslari har yili odatda iyun-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi va kamida 18 kun, ko‘pi bilan 5 hafta davom etadi. Har hafta kamida 25 soatlik darslarni o‘z ichiga oladi. Nomzodlar 15-sentyabrdan 1-dekabrgacha ariza topshirishlari mumkin.

Talablar:

  • Nomzodlar kamida 18 yosh bo‘lishi va bakalavr bosqichini kamida 2 akademik yilini tugatgan bo‘lishi;
  • Germaniyadan boshqa davlat oliygohida o‘qiyotgan bo‘lishi;
  • Nemis tilini kamida A2 darajada bilishi va buni isbotlovchi hujjat ko‘rsatishi ( sertifikatlar olinganiga 2 yildan oshmasligi kerak);
  • avval DAAD yozgi kurslariga qatnashgan bo‘lsa, oradan 2 yil vaqt o‘tgan bo‘lishi;
  • yaxshi baholarga ega bo‘lishi lozim.

Talablar haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN topishingiz mumkin.

Foydali tomonlari:

  • 1061 yevro miqdordagi bir martalik stipendiya;
  • Germaniyaga borib-kelish xarajatalari uchun mablag‘ ;
  • yozgi kursda bepul qatnashish;
  • Sog‘liqni saqlash va boshqalar bo‘yicha sug‘urta uchun to‘lov;
  • turar joy xarajatlari bilan ta’minlanadilar.

MUHIM. Pandemiya cheklovlari sababli bu yilgi kurslar onlayn o‘tkaziladi.
Ariza topshirish uchun avval onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi va kerakli ma’lumotlar to‘ldiriladi. Kerakli hujjatlar va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun +49 (0228) 882-8888 portal xizmatiga yoki portal@daad.de elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.