Dars qilmay keladigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Dars qilmay keladigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas
Dars qilmay keladigan va maktabning ichki tartib-qoidalarini buzadigan o‘quvchilarni jazolash qonunan taqiqlangan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i ma’lumot bergan.
O‘qituvchilar dars tayyorlamagan yoki maktabning ichki tartib-qoidalarini buzgan o‘quvchilarni jazolay olmaydi. Biroq o‘quvchining xatti-harakatlari ota-onasi ishtirokida muhokama qilinishi mumkin. Agar o‘quvchi o‘z xatti-harakatlarini davom ettirsa, u maktabning ichki ro‘yxatiga kiritiladi.
Shaxs voyaga yetmaguniga qadar uning xatti-harakatlari uchun ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar javobgar bo‘ladi. O‘quvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri jazo chorasini qo‘llash qonunan taqiqlangan.
Darsga tayyorlanmagan o‘quvchining ota-onasi sinf rahbari orqali xabardor qilinishi lozim. Shuningdek, Kundalik.com platformasi orqali ham ota-onalarga o‘quvchi darsga tayyorlanmaganligi haqida ma’lumot yetkazilishi mumkin.