Darsga kechikkan yoki formada bo‘lmagan o‘quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkin emas
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Darsga kechikkan yoki formada bo‘lmagan o‘quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkin emas
Darsga kechikish, o‘quv qurollarini olib kelmaslik yoki maktab formasining yo‘qligi o‘quvchini darsga kiritmaslik uchun asos bo‘la olmaydi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni “qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat” prinsiplariga asoslanishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar o‘quvchilarni darsdan asossiz chiqarib yuborishi yoki darsga kiritmasligi mumkin emas. Shuningdek, “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirish ham taqiqlanadi.