Davlat xavfsizlik akademiyasiga 2025-2026 o‘quv yiliga ro‘yxatga olish boshlandi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
avlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga 2025-2026-o‘quv yili uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi
Joriy yilning 10-oktyabr kuni 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Jumladan, akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga, qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan, erkak jinsidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Nomzodlar uchun asosiy talablar:
- Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan bo‘lishi;
- Bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan bo‘lishi;
- O‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari;
- O‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, rezervdagi harbiy xizmatga majburlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar;
- Yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan 1- va 2-kurs talabalari.
Bunda, saralab olishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Akademiyada o‘qishni birinchi kursdan boshlaydi.