Andijon viloyati hokimligi, AKT vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va Digital city jamoasi "Digital Girls" tanloviga satrt berildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
Qizlarga kelajak kasblari asoslarini o‘rgatish maqsadida, Andijon viloyati hokimligi, AKT vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va Digital city jamoasi "Digital Girls" loyihasiga start bermoqda.
100 nafar qizlar Andijon viloyati xokimligi va Digital city tomonidan GRANT asosida taqdim etiladigan loyihada tanlov asosida, ishtirok etishlari mumkin!
Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘ladi, bular:
1) So‘rovnomani to‘ldirish;
2) Suhbatdan o‘tish;
Loyiha quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1) SMM asoslari.
2) Grafik dizayn.
3) 3D dizayn.
4) Dasturlash.
5) BPO(Logistika)
Tanlovdan o‘tgan va loyihani yuqori ballarga tamomlagan qizlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
- IT sohasida o‘z yo‘nalishini topish;
- Malaka diplomlarisiz kasb tanlash;
- Masofadan turib pul ishlash imkoniyati (freelance);
- Start-ap shaklida ijtimoiy loyihalarni boshlash imkoniyati;
- Marketing ko‘nikmalari;
Qabul 2022-yil 1-iyun ga qadar bu yerdan qabul formasini to‘ldirish zarur.